Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Serbiya prezidenti Qozondagi BRICS sammitida qatnashmaydi

Serbiya prezidenti Qozondagi BRICS sammitida qatnashmaydi

Serbiya prezidenti Qozondagi BRICS sammitida qatnashmaydi.

"Aleksandr Vuchich Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga 22—24 oktyabr kunlari Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitida qatnashmasligini, u yerga delegasiya yuborishini aytdi", deb xabar bermoqda Serbiya radio va televideniyesi. Vuchichning aniqlik kiritishicha, delegasiya tarkibiga bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Vulin, mudofaa vaziri Bratislav Gashich, iqtisodiyot vaziri Adriana Mesarovich va xalqaro iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha kurator Nenad Popovich kiradi.

Serbiya prezidenti shuningdek, 23 oktyabr kuni Polsha bosh vaziri Donald Tusk Belgradga tashrif buyurishini, unga Gresiya bosh vaziri Kiriakos Misotakis, keyinroq esa Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen qo‘shilishlarini tushuntirdi.

Shu o‘rinda, Serbiya prezidenti 2024 yilning o‘zida YEI Moskvaga qarshi 44 ta sanksiya paketini qabul qilgani va Belgrad ularning birortasiga qo‘shilmaganini eslatdi. "Putin buni juda qadrlaydi", — dedi Vuchich.

Kiritildi: Bugun 11:36. O'qildi: 423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!