Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Yevropa kengroq qurolli mojaro yoqasida turganini aytdi.
Vuchich bu bayonotni Axel Springer media kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Matias Dyopfner olib borgan podkastda aytdi.
"Menimcha, biz kengroq urush boshida turibmiz", dedi Vuchich.
U yaqinda kimdir Rossiya-Ukraina mojarosida tinchlikka erishish uchun harakat qilishiga umid qilganini aytdi. Biroq, Serbiya rahbari bu sodir bo‘lmaganini va uning fikricha, yaqin orada sodir bo‘lmasligini ta’kidladi.
"Bu biz ancha katta urush yoqasida turganimizni anglatadi", dedi Vuchich.