Serbiyada 2024-yilning 1-noyabrida Novi Saddagi temir yo‘l vokzaliga kirishda 15 kishi halok bo‘lgan beton soyabon qulashi ortidan minglab odamlar ishtirokidagi hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda.
Talabalar Belgraddagi eng yirik avtokomandani 24 soat davomida to‘sib qo‘yishdi.
Namoyishchilar Serbiya bayroqlari va “Qo‘llaringiz qonga belangan” shiori yozilgan plakatlarni ko‘tarib oldilar.
Bir kun avval talabalar va maktab o‘quvchilari safiga minglab boshqa fuqarolar ham qo‘shildi.