Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Serbiya Mudofaa vazirligi: Ikkita MiG-29 noma’lum uchar ob’ektni ushlab qolish uchun ko‘tarildi, ammo nishon radardan g‘oyib bo‘ldi

A A A
Serbiya Mudofaa vazirligi: Ikkita MiG-29 noma’lum uchar ob’ektni ushlab qolish uchun ko‘tarildi, ammo nishon radardan g‘oyib bo‘ldi

Serbiya harbiy-havo kuchlariga tegishli ikkita samolyot poytaxt Belgraddan 100 km uzoqlikdagi Valevo shahri hududida noma’lum uchar ob’ektni tutib olish uchun uchirildi.

Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, havo hujumidan mudofaa radarlari Valevo shahridan 5,5 km balandlikda 10:39da noma’lum ob’ektni aniqlagan:

«Serbiya Prezidenti va Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Aleksandr Vuchichning buyrug‘iga ko‘ra, bir juft MiG-29 to‘xtatuvchisi havoga uchirildi, havo hujumidan mudofaa tizimlari havo kengliklarini kuzatishda davom etdi».

Ammo tez orada nishon radar ekranlaridan g‘oyib bo‘ldi. Samolyotlar uni qidirgan bo‘lsalarda, ob’ektni topa olmadilar, shundan so‘ng tutqichlar o‘z aerodromiga qaytishdi.

Qayd etish joizki, Valevo shahrida bir qancha yirik sanoat korxonalari, jumladan, mamlakat mudofaa kompleksida muhim o‘rin tutadigan Krusik zavodi joylashgan.

Kiritildi: 06:55 31.03.2024. O'qildi: 1048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!