Mamlakat rahbari Aleksandr Vuchich majburiy harbiy xizmat bo‘yicha farmonini imzoladi.
"Umid qilamanki, barchangiz bizga kuchli armiya qanchalik zarurligini, yana qancha qurol sotib olishimiz va ishlab chiqarishimiz kerakligini tushunib turibsiz. Biz hech kimga hujum qilmoqchi emasmiz, lekin bizga har kuni tinimsiz tahdid solayotganlarni qo‘rqitmoqchimiz", — dedi Vuchich Harbiy akademiyada so‘zlagan nutqida.
Harbiy xizmat 75 kun davom etadi va erkaklar uchun majburiy bo‘ladi. Xotin-qizlar ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatni o‘tashi mumkin.
Serbiya 2011 yilda majburiy harbiy xizmatni bekor qilib, professional armiyaga e’tibor qaratishni boshlagandi. Vuchichning farmoni kuchga kirishi uchun u hukumat va parlament tomonidan tasdiqlanishi kerak.