Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Sep – mol-mulklar da’vogarga olib berildi

Sep – mol-mulklar da’vogarga olib berildi

Hozir yosh oilalarning baxti uchun qizning qarindoshlari tomonidan to‘yga to‘yona deb mol-mulklar berish odat tusiga aylangan. Lekin turmushi o‘xshamagan yoshlar orasida ajrimlar ham kuzatilayotgan bo‘lib, kuyov tomon qizga berilgan mol-mulklarni qaytarmay qolgan hollar ham yo‘q emas.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tuman sudining 2023 yil 15 noyabrdagi ijro hujjatiga asosan, da’vogar M.O.ga javobgar X.A.dan uning yashash manzilida turgan deyarli 15 million so‘mlik 46 atamadagi sep mol-mulkni olib berish belgilangan. Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatiga kirishilgan.

Xususan, bo‘lim xodimlari tomonidan joriy yilning 13 aprel kuni javobgarning yashash manziliga borilib, 46 atamadagi sep –mol-mulk da’vogar M.O.ga olib berildi va sud qarori ijrosi amalda ta’minlandi.

Kiritildi: 10:49 17.04.2024. O'qildi: 377 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!