Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Seni nima uchun mag‘firat qilganimni bilasanmi?

Seni nima uchun mag‘firat qilganimni bilasanmi?

Salim ibn Mansur ibn Ammor aytadi: «Tushimga otam kiribdilar. «Alloh sizga qanday muomala qildi?» deb so‘rasam, shunday dedilar: «Parvardigor meni O‘ziga juda yaqin tutib, «Ey yomon qariya, seni nima uchun mag‘firat qilganimni bilasanmi?» dedi. Men: «Yo‘q, ey Robbim», dedim. «Bir kuni bir majlisda o‘tirgan eding. Hamma yig‘ladi. O‘sha yerda Mendan qo‘rqib yig‘lamagan bir bandam ham bor edi. Men uni mag‘firat qildim va majlis ahlining barchasini mukofotladim. Mukofot berganlarim ichida seni ham mukofotladim», dedi».

Izoh: Solih insonlarga Alloh taoloning rahmati nozil bo‘lganida ular orasidagi solih bo‘lmaganlarga ham yetishi tushunilmoqda. Albatta, yaxshi insonlarga yaqin yurilsa, ularning yaxshiligi yuqadi.

Manba: islom.uz

Kiritildi: 22:19 09.11.2019. O'qildi: 2376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!