Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Senegal hukumatidan KAFga og‘ir ayblov: "Ular korrupsiyaga botgan, kubokni Marokashga berishlari — adolatsizlik!"

Senegal hukumatidan KAFga og‘ir ayblov: "Ular korrupsiyaga botgan, kubokni Marokashga berishlari — adolatsizlik!"

Senegal hukumati Afrika Millatlari Kubogi finalida chempionlik Marokash terma jamoasiga olib berilgani yuzasidan keskin rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, finalda 1:0 hisobida oldinda borayotgan Senegal terma jamoasi o‘yin vaqtida maydonni tark etgani sababli ularga texnik mag‘lubiyat yozilgan edi.

Hukumat bayonotida ushbu qaror keskin qoralangan:

"Senegal hukumati Afrika Futbol Konfederasiyasi (KAF) apellyasiya hakamlar hay’atining Senegal terma jamoasini chempionlik unvonidan mahrum qilish va uni Marokashga olib berish qaroridan qattiq g‘azabda.

Bu misli ko‘rilmagan qaror sport etikasining fundamental tamoyillarini, birinchi galda adolat va maydondagi natijaga bo‘lgan hurmatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzadi. Qoidalarning noto‘g‘ri talqin qilinishi o‘ta adolatsiz hukmga olib keldi".

Shuningdek, Senegal tomoni voqeani shunchaki qoldirmoqchi emas:

"Senegal KAF rahbariyati ichidagi korrupsiya gumonlari bo‘yicha mustaqil xalqaro tergov boshlashni talab qiladi. Adolatni tiklash va sport natijasini qaytarish uchun barcha xalqaro sud instansiyalariga murojaat qilamiz".

Bayonot so‘ngida hukumat finaldagi mojarolardan so‘ng Marokashda hibsga olingan o‘z fuqarolari bilan birdam ekanligini va ularni tezroq ozod qilish uchun vaziyat to‘liq nazoratga olinganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 23:52 18.03.2026. O'qildi: 248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!