Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori, senator Rahmonqulov Mir-Akbar Xoji-Akbarovich 74 yoshida vafot etdi.
Mir-Akbar Xoji-Akbarovich Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, Xavfsizlik kengashi kotibi, Davlat maslahatchisi sifatida ham ishlagan.
Yuridik fanlari doktori, professor Mir-Akbar Xoji-Akbarovich 1998 yilda “II darajali Shon-sharaf” ordeni, 2002 yilda “O‘zbekistonda Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.