Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Sement ishlab chiqarish uchun ohaktoshga soliq stavkasining 4 baravarga kamaytirilishi raqobatbardoshlikni oshiradi — “O‘zsanoatqurilishmateriallari”

A A A
Sement ishlab chiqarish uchun ohaktoshga soliq stavkasining 4 baravarga kamaytirilishi raqobatbardoshlikni oshiradi — “O‘zsanoatqurilishmateriallari”

Ijtimoiy tarmoqlarda Yer qa’ridan foydalanganlik uchun sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh bo‘yicha amalda bo‘lgan 22,5 ming so‘m soliq stavkasi 1 kg uchun 6 ming so‘mga kamaytirilgani keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bu borada rasmiy bayonot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan BYUDJETNOMAsida 2024 yil uchun soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarining 6-bandida yer qa’ridan foydalanganlik uchun sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh bo‘yicha belgilangan 22,5 ming so‘m soliq stavkasini 2 barobarga pasaytirish taklif qilinayotgan edi.

Chunki, 5 foizlik soliq stavkasi 2019 yildan boshlab oshirilgan va bugungi kunda qadar har bir tonna ishlab chiqarilgan ohaktosh uchun 22,5 ming so‘m (yoki ohaktosh tannarxining 75 foizi) etib belgilanganligi sement narxlarini oshishiga olib keldi. Hozirda bir kilogramm ohaktoshning o‘rtacha narxi – 30 ming so‘mni tashkil etadi.

2023 yil 28 dekabrda qabul qabul qilingan 891-sonli “Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunida sement ishlab chiqarishda ohaktoshga er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 6 ming so‘m etib belgilandi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi sement ishlab chiqarish uchun ohaktoshga soliq stavkasini 4 baravarga kamaytirilishi ushbu mahsulotlarning mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobatbardoshligini oshirishiga xizmat qiladi deb hisoblaydi.

Stavkalar pasaytirilganligiga qaramasdan, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi ohaktosh tannarxidan O‘zbekistonda – 20 % ni, qo‘shni davlatlarda ya’ni Qozog‘istonda – 4,7 %, Qirg‘izistonda – 3 %, Tojikistonda - 7 %ni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda respublikamizda yiliga 32,8 mln tonna (2023 yil 1 yanvar holatiga nisbatan +6,6 mln tonna, o‘sish 125%) sement ishlab chiqarish quvvatiga ega 37 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

2023 yilda 15,5 mln tonna sement (2022 yilda 14,6 mln, o‘sish 106%) ishlab chiqarildi.

2023 yilda sementning respublika ichki iste’moli (ichki talab) 17,64 mln tonna prognozlashtirilgan bo‘lib, amalda esa ushbu ko‘rsatkich 16,8 mln tonnani tashkil etdi.

Kiritildi: 17:36 10.01.2024. O'qildi: 1484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!