Sem Altman odamlarning ko‘zlarini biometrik ma’lumotlari yevaziga kriptovalyutani sovg‘a qilmoqda. Dunyoning 100 ta davlatidan 12 milliondan ortiq odam allaqachon "World" loyihasidan ro‘yxatdan o‘tgan.
Odamlarga "Orb" deb nomlangan qurilma orqali ko‘z qorachig‘ini skanerlash taklif qilinmoqda. Buning yevaziga ular raqamli "World ID" identifikatorini va "16 Worldcoin" tokenlarini olishadi.
Tez orada "World ID" bilan Visa kartalaridan foydalanish yoki ilovalardan ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ladi. Altmanning g‘oyasi bo‘yicha, oxir oqibat "World" global identifikatorga aylanishi kerak.