MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev O‘zbekiston prezidenti saylovidagi kuzatuvchilar missiyasi faoliyatini sarhisob qildi:
— saylov O‘zbekiston Konstitusiyasi va Saylov kodeksi talablariga to‘liq mos holda o‘tkazildi;
— xalqaro kuzatuvchilarning respublikada faoliyat yuritishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan;
— saylovlar muqobillik asosida o‘tkazildi. Ular shaffof, ochiq, adolatli va demokratik saylov tamoyillariga mos o‘tdi.