Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

SAXAL ichida 500 million dollar naqd pul va oltini bo‘lgan Hizbulloh bunkerini topganini da’vo qilmoqda

SAXAL ichida 500 million dollar naqd pul va oltini bo‘lgan Hizbulloh bunkerini topganini da’vo qilmoqda

Armiya matbuot kotibi Daniel Xagarining so‘zlariga ko‘ra, bunker Bayrutdagi “Al-Saxel” kasalxonasi ostida joylashgan. Bunker guruhning o‘ldirilgan rahbari Hasan Nasrullohga tegishli.

SAXAL bunkerning fotosuratlari yoki videolarini taqdim etmadi. “Al-Saxel” kasalxonasi direktori Fadi Alamex Reuters agentligiga ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.

SAXAL shifoxonaga hujum qilmasligini aytgan bo‘lsa ham, shifokorlar va bemorlar evakuasiya qilindi. Xabar qilinishicha, Isroil mudofaa kuchlari Bayrutdagi hukumat shifoxonasi yaqiniga zarba bergan. "Hujum natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana 24 kishi yaralandi", deb yozmoqda Reuters mahalliy sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.

Kiritildi: 22:30 22.10.2024. O'qildi: 312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!