SAXAL kuchlari G‘azo shahri markazidagi HAMAS harbiy bazasiga reyd o‘tkazganini va shiddatli janglarda 50 ga yaqin HAMAS jangarisi o‘ldirilgani yoki asirga olingani haqida ma’lum qildi.
Xabarlarga ko‘ra, havo ko‘magi va maxsus kuchlar yordami bilan Isroil kuchlari G‘azo shahri markazida, Al-Shifa kasalxonasi yaqinidagi XAMASning “harbiy kvartaliga” reyd uyushtirgan.
Isroil armiyasi G‘azo shahri markazida HAMASning harbiy qarorgohi borligini va ular bosqin o‘tkazgan hudud HAMAS razvedkasi va operativ faoliyati, jumladan, Isroilda 7 oktyabr hujumlarini rejalashtirish va tayyorlash markazi bo‘lganini aytmoqda.
Isroil harbiylariga ko‘ra, hududda yer osti tunnellari tarmog‘i va jangarilar va HAMAS qo‘mondonligi tomonidan foydalaniladigan binolar mavjud.