Qurbonov Mirshod Rustamovich — Savdo-sanoat palatasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
M.Qurbonov 1991 yil Buxoro viloyati Romitan tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.
Tayinlovga qadar viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.