Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i ikkita jinoyatda gumonlanayotgani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i ikkita jinoyatda gumonlanayotgani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i ikki jinoyatda gumonlanayotgani haqida xabar berilgandi. Palata holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Keltirilishicha, bugungi kunga qadar Savdo-sanoat palatasiga huquqni muhofaza qilish organlaridan M.O.ni ishdan chetlashtirish bo‘yicha talabnoma kelib tushmagan va M.O. palataning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.

Mazkur holat yuzasidan o‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi qayd etildi.

Gumonlanuvchi M.O. bir oy avval, joriy yilning martida ushbu lavozimga tayinlangan. U 1997 yili Navoiy viloyati, Nurota tumanida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagan. Tayinlovga qadar “Zarafshon” MFYda hokim yordamchisi vazifasida ishlab kelgan.

Kiritildi: 17:22 19.04.2024. O'qildi: 530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!