Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Saudiya klubidan Pogba uchun yana bir dahshatli shartnoma taklif etildi

A A A
Saudiya klubidan Pogba uchun yana bir dahshatli shartnoma taklif etildi

"Yuventus"ning fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba Saudiya Arabistoni klublari uchun orzu qilingan maqsad bo‘lib qolmoqda.

Jurnalist Jovanni Albanezening xabar berishicha, Pro-liganing nomi oshkor etilmagan klubi yarim himoyachining hozirgi jamoasiga umumiy maoshi 150 million yevro bo‘lgan uch yillik shartnoma taklif qilib, jahon chempionini qo‘lga kiritmoqchi. Qayd etilishicha, “keksa sinyora” rahbariyati kelishuvga aralashmaydi.

Avvalroq Pogbaga 100 million yevro maosh taklif qilgan "Al-Ittihod" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. Futbolchining o‘zi Yevro-2024da o‘ynash istagi tufayli Italiya chempionatini tark etishdan bosh tortdi. Pol Pogba 2022 yilning yozidan buyon “Yuventus”da to‘p tepadi.

Kiritildi: 03:47 12.07.2023. O'qildi: 1193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!