Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

"Saudiya Arabistonida Ukraina uchun manfaatli imkoniyatlar bor"

"Saudiya Arabistonida Ukraina uchun manfaatli imkoniyatlar bor"

Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgan Ukraina prezidenti ikki davlat Mudofaa vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida hujjat imzolanganini ma’lum qildi.

"Biz o‘z tajribamiz va tizimlarimizni Saudiya Arabistoni bilan bo‘lishishga hamda xavfsizlikni kuchaytirish borasida sheriklik qilishga tayyormiz", – dedi Zelenskiy.

Muzokaralar davomida valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan Yaqin Sharqdagi vaziyat, Rossiyaning Eronga ko‘rsatayotgan yordami va yoqilg‘i bozorlaridagi holat muhokama qilingan.

"Ar-Riyodda Ukrainani qiziqtirgan salohiyat mavjud. Bu aloqalar ikki tomon uchun ham foydali bo‘lishi mumkin", – deya ta’kidladi Zelenskiy.

AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi boshlanganidan beri Kiyev Eron dronlariga qarshi kurashda o‘z ko‘magini taklif qilib kelmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:49. O'qildi: 264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!