Bugun 29 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Saudiya Arabistonida katta miqdordagi giyohvand modda musodara qilindi

A A A
Saudiya Arabistonida katta miqdordagi giyohvand modda musodara qilindi

Saudiya Arabistonining Iordaniya bilan chegarasi yaqinida joylashgan Tabuk shahrida giyohvand moddalar kontrabandasiga qarshi operasiya o‘tkazildi.

SPA agentligi xabariga ko‘ra, chegara xavfsizligidan mas’ul jandarmeriya guruhlari tomonidan olib borilgan operasiyada plastik bochkalarga yashirilgan 1 million 56 ming 162 kapsula amfetamin musodara qilindi.

Operasiyani amalga oshirgan xavfsizlik kuchlari qo‘lga kiritilgan amfetaminlar ekspertlarga topshirilgani bildirildi.

Joriy yilning 27 yanvar kuni Saudiya Arabistonining shimoliy qo‘shnisi Iordaniyaga Suriyadan bir guruh giyohvand moddalar kontrabandachilari kirishga uringan, xavfsizlik kuchlari ulardan 27 nafarini yo‘q qilgan edi.

Saudiya Arabistoni 2021 yil aprel oyida Livandan meva-sabzavot importini taqiqlab qo‘ydi, bunga esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan birga giyohvand moddalarni ham olib kirishga urinishlar sabab bo‘ldi.

Kiritildi: 10:12 11.02.2022. O'qildi: 2136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!