Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Saudiya Arabistonida itlar COVID-19 ga chalinganlarni aniqlashga o‘rgatilmoqda

Saudiya Arabistonida itlar COVID-19 ga chalinganlarni aniqlashga o‘rgatilmoqda

Saudiya Arabistonining bojxona ma’muriyati o‘tkazish punktlarida koronavirusga chalinganlarni aniqlash uchun itlarni shug‘ullantirmoqda. Bojxona ma’muriyatining ushbu harakatlari hukumatning koronavirus tarqalishini to‘xtatish bo‘yicha olib borayotgan ishlarining bir qismidir.

“Itlarni virusga chalinganlarni aniqlash bo‘yicha shug‘ullantirish 80 foiz muvaffaqiyatli bo‘ldi. Hozirda markazimiz ma’muriyati itlarning tayyorligini kafolatlovchi barcha talablarni yakunlamoqda. Odatda, bizning markaz ko‘plab dasturlar bo‘yicha, xususan terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha itlarni tayyorlaydi. Ushbu dasturlar kontrabanda bilan olib o‘tilgan tovarlarni – giyohvand moddalar, portlovchi moddalar, qurollar, valyuta va tamaki kabilarni aniqlashni qamrab oladi”, deydi bojxonadagi Milliy markaz direktori Abdulla al-Sallum.

Itlarning hid bilish qobiliyati kuchli bo‘lgani uchun ulardan anchadan beri kasalliklarni aniqlash uchun foydalanib kelinadi. Masalan, qizamiq, sil va Parkinson bilan kasallanganlarni topishda bu hayvonlar ish beradi.

Yaqinda itlardan koronavirusni aniqlashda foydalanish bo‘yicha olib borilgan bir qancha tadqiqotlar yaxshi natija bergan. Hozirda Britaniya, AQSH, Fransiya va Chililik tadqiqotchilar COVID-19 ni aniqlash uchun itlarni tayyorlashmoqda. Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari iyul oyida K9 nomli polisiya itlarini koronavirusni aniqlashda foydalanish uchun o‘tkazilgan sinovlari muvaffaqiyatli yakunlaganini e’lon qilgandi.

Kiritildi: 17:07 05.08.2020. O'qildi: 2407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!