Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Oq uyga keldi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Oq uyga keldi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi AQSh prezidenti bilan muzokaralar olib borish uchun Oq uyga keldi, deb xabar bermoqda OAV.

Donald Tramp Saudiya valiahd shahzodasini tantanali kutib oldi. Tashrif munosabati bilan Oq uy ustidan qiruvchi samolyotlar uchib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, Muhammad bin Salmon Ol Saud Donald Tramp bilan yopiq eshiklar ortida muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, Amerika elitasi bilan ishchi kechki ovqatda qatnashadi.

Tomonlar yangi mudofaa shartnomasi, F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish, yadroviy energetika sohasida hamkorlik, Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish, sun’iy intellekt hamda G‘azodagi o‘t ochishni to‘xtatish yuzasidan muzokaralar olib borishi kutilmoqda.

Kiritildi: 22:24 18.11.2025. O'qildi: 426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!