Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Saudiya Arabistoni o‘zbekistonliklar uchun elektron viza olish imkonini yopib qo‘ydimi?

Saudiya Arabistoni o‘zbekistonliklar uchun elektron viza olish imkonini yopib qo‘ydimi?

Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun onlayn sayyohlik (turist) viza olish imkoniyatini yopib qo‘ydi.

O‘zbekistonliklarga elektron viza berish tartibi faqat Haj mavsumida to‘xtatilgan.

Saudiya Arabistoni Turizm vazirligining ma’lum qilishicha, o‘ndan ortiq davlatlar, xususan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari uchun elektron vizaga murojaat qilish xizmati vaqtinchalik, 23 apreldan 9 iyunga qadar to‘xtatilgan.

Bu sayohat yoki umra maqsadida qirollikka borib, noqonuniy Haj qilishni oldini olish uchun ko‘rilgan chora sifatida baholanmoqda. Bu muddat ichida Saudiya Arabistoniga sayohat qilishni xohlovchilar elchixona yoki vakolatli viza idoralari orqali ariza topshirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2025 yilgi haj mavsumida O‘zbekiston fuqarolari uchun 15 ming dona kvota ajratilgan.

Kiritildi: 00:10 28.04.2025. O'qildi: 804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!