Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu davlatlar umumiy ishlab chiqarishni taxminan uchdan bir qismga kamaytirib, kuniga 6,7 million barrel atrofida qisqartirgan.
Eng katta qisqartirish Iroq hissasiga to‘g‘ri keldi — mamlakat neft qazib olishni taxminan 60 foizga, ya’ni kuniga qariyb 2,9 million barrelga kamaytirgan.
Qolgan davlatlarda qisqartirish miqdori quyidagicha:
◾️ Saudiya Arabistoni — kuniga taxminan 2–2,5 million barrel;
◾️ BAA — 500–800 ming barrel;
◾️Kuvayt — taxminan 500 ming barrel (20–25 foiz atrofida);
Natijada jahon bozorida neft taklifi taxminan 6 foizga qisqargan.
Saudi Aramco bosh direktori Amin Nasserning ta’kidlashicha, hozirgi vaziyat mintaqa energetika sohasi uchun juda jiddiy sinov hisoblanadi.
“Biz ilgari ham ta’minot uzilishlarini ko‘rganmiz, ammo hozirgi inqiroz mintaqaning neft va gaz sanoati uchun eng jiddiylaridan biri”, — dedi Nasser.
Neft bozoridagi beqarorlik ortidan dushanba kuni narxlar bir barrel uchun 120 dollargacha ko‘tarildi. Biroq Donald Tramp urush tez orada tugashi mumkinligini bildirganidan keyin narxlar yana pasaygan.