Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Saudiya Arabistoni ikki askarini vatanga xiyonatda ayblab qatl qildi

Saudiya Arabistoni ikki askarini vatanga xiyonatda ayblab qatl qildi

Saudiya Arabistoni hukumati ikki harbiy xizmatchini vatanga xiyonatda ayblab qatl qildi.

Bu haqda qirollik mudofaa vazirligi bayonotida aytiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni havo kuchlari podpolkovnigi Majed bin Musa Avad al-Balaviy va shtab-serjant Yusuf bin Rida Hasan al-Azuniy 2017 yilda hibsga olinib, o‘lim jazosiga hukm qilingan. Sud har ikki harbiy xizmatchi ham davlatga xiyonat qilish, buyruqni bajarmaslik va “millat manfaatlarini himoya qilishdan bosh tortish”da aybdor degan xulosaga keldi.

Ayblanuvchilar sud jarayonida ayblarini tan oldilar, deyiladi mudofaa vazirligi bayonotida. Qirollik farmoniga muvofiq, hukm payshanba kuni Saudiya Arabistoni janubi-g‘arbida joylashgan Toif shahrida o‘tkazildi.

Kiritildi: 08:56 15.09.2023. O'qildi: 1723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!