Saudiya Arabistoni Falastin ma’muriyatini moliyalashtirish uchun favqulodda xalqaro koalisiya tuzilganini e’lon qildi, deb xabar beradi Aljazeera.
Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud koalisiya qator asosiy hamkorlar bilan birgalikda Falastin ma’muriyatiga bevosita moliyaviy yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi.
Shuningdek, Saudiya Arabistoni sa’y-harakatlarga 90 million dollar ajratishini aytdi.
Falastin ham xalqaro hamjamiyatni Nyu-York deklarasiyasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.