Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Saudiya Arabistoni 12 yildan keyin Suriyaga elchi tayinladi

A A A
Saudiya Arabistoni 12 yildan keyin Suriyaga elchi tayinladi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud Suriyaga yangi elchi tayinladi. Qirollikning Damashqdagi 2012 yilda yopilgan diplomatik vakolatxonasiga Seyf bin Saud al-Mujfel rahbarlik qiladi.

Bu haqda Saudia Press agentligi xabar berdi.

Saudiya Arabistoni va Suriya 2023 yil may oyida diplomatik munosabatlarni tiklashga kelishib oldi. Ar-Riyoddagi arab elchixonasi mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar normallashganidan bir necha oy o‘tib ish boshladi. Shu yil boshida Saudiya Arabistoni Damashqda muvaqqat ishlar vakili Abdulla al-Horis boshchiligidagi elchixonasini ochdi.

Kiritildi: 17:58 27.05.2024. O'qildi: 1224 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!