Kecha, 30 sentyabr kuni Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn O‘zbekiston Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi Sardor Umurzoqovni qabul qildi.
Uchrashuvda Valiahd shahzoda Husayn bin Abdulla II ham ishtirok etdi. Suhbatda savdo, investisiya, sog‘liqni saqlash, ta’lim, turizm va mudofaa sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Podshoh ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan to‘qqizta bitim va uchta memorandum ijrosini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
Shuningdek, uchrashuvda G‘azo va Quddusdagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.