Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Sardor Rashidov faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradi

A A A
Sardor Rashidov faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradi

O‘zbekistonlik taniqli futbolchi Sardor Rashidov faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradigan bo‘ldi.

Bu haqda futbolchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

32 yoshli futbolchi «Dubay Siti» jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Tez orada klub ham futbolchi bilan kelishuvga erishganini e’lon qiladi.

Hozirda «Dubay Siti» mamlakat chempionati turnir jadvalida 18 ta o‘yindan keyin 13 ochko to‘plab, 16-o‘rinda bormoqda. Jamoa BAAning yangi klublaridan biri hisoblanadi.

Kiritildi: 15:40 07.02.2024. O'qildi: 1203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!