Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Sardoba suv ombori kerakmidi o‘zi? Shavkat Mirziyoyev shu savolga javob berdi

A A A
Sardoba suv ombori kerakmidi o‘zi? Shavkat Mirziyoyev shu savolga javob berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 may, juma kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida suv toshqinidan aziyat chekkan aholi bilan uchrashuvda Sardoba suv omborining ushbu hudud uchun ahamiyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Uchrashuvdan lavha «O‘zbekiston 24» telekanali tomonidan namoyish etildi.

Albatta, kimdir savol berishi mumkin: shu suv ombori kerakmidi, yo‘qmi? Hozir ham savollar ko‘p. Nima uchun Sirdaryo bilan Jizzax viloyati hech qachon rivojlanmagan? Suv bo‘lmagani uchun. Suv bo‘lmagan. Dehqon odam biladi. Paxtaga besh-olti marta suv berish kerak edi. Nega boshqa joylarda 40-70 sentner bo‘ladi-yu, bu yerda 15 sentner? Ha, ikki marta suv berolmasdik-da.

Ikkinchidan, biror marta takroriy ekin eka olarmidik? Suv yo‘q edi-ku. Shuning uchun 2010 yili eng to‘g‘ri xulosa bo‘lgan... Sirdaryo bilan Jizzax viloyatini rivojlantirish nuqtai nazaridan chorvaga ham suv kerak, insonga ham suv kerak, paxtaga ham, g‘allaga ham, parrandaga ham, baliqqa ham — hammaga suv kerak. Bu to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Lekin shunday talafot bo‘ldi. Kelajakda har bir qilgan ishimizni yanada pishiqroq, puxtaroq, mukammal qilishimiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev

Kiritildi: 07:02 16.05.2020. O'qildi: 6138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!