Sardoba suv ombori fojiasi oqibatlarini bartaraf etish uchun davlat byudjetidan jami 1,5 trln so‘m xarajat qilinishi rejalashtirilgan.
? suv toshqinidan Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi 10 ta MFYda (25 ta aholi punktlari) 4 351 ta xonadonlar zarar ko‘rgan.
? xonadonlardan 2 570 tasi yaroqsiz va 1 781 tasiga qisman zarar yetgan.
? 31 719 ta uy hayvonlari yo‘qolganligi aniqlangan. Shu jumladan, 13 685 ta yirik va mayda shohli qoramollar, otlar, 17 752 ta parrandalar va 282 ta boshqa hayvonlar.
? 5 859 ta hayvonlar o‘lik holda topilgan va zararsizlantirilgan.
? tirik holda topilgan 5 160 ta yirik va mayda shohli qoramollar, otlardan 5 143 tasi o‘z egalariga qaytarildi va egasi aniqlanmagan 17 tasi saqlovga olindi.
? jami 7 ta qabriston va 3 ta masjidga zarar yetgan.