Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Saratovda hovlisidagi snaryadni kesib olmoqchi bo‘lgan erkak vafot etdi

Saratovda hovlisidagi snaryadni kesib olmoqchi bo‘lgan erkak vafot etdi

Rossiyaning Saratov shahri tergovchilari snaryad portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘lganini tergov qilmoqda. Marhum Saratovda uyi hovlisida temir kesgich bilan snaryadni kesib olmoqchi bo‘lgan.

Bu haqda Rossiyaning TASS axborot agentligi Saratov viloyati Tergov qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi. «56 yoshli erkak kishining o‘limi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 23 oktyabr kuni tushdan keyin 56 yoshli erkak kishi o‘z uyi hovlisida temir kesgich (bolgarka) bilan snaryadni kesib olmoqchi bo‘lgan. Shu payt snaryad portlab ketdi. Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar va tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelgan, biroq erkak kishini qutqara olmadi», - deyiladi xabarda.

Erkak voqea joyida vafot etdi. Hodisa tafsilotlariga hozircha oydinlik kiritilmoqda. Sud-tibbiyot va portlovchi texnik ekspertizasi tayinlandi.

Kiritildi: 21:05 24.10.2021. O'qildi: 3285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!