Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Saratonning oldini olishning eng yaxshi usuli

Saratonning oldini olishning eng yaxshi usuli

Chekishdan voz kechish saraton kasalligining oldini olishning eng yaxshi usulidir. To‘g‘ri ovqatlanish va harakat ham juda muhimdir, deya ta’kidlaydi Geydelbergdagi Nemis ilmiy-tekshirish onkologiya markazi rahbari, professor Mixael Baumann RIA Novostiga bergan intervyusida.

Ongli ravishda ovqatlanish va yetarli harakat qilish orqali saraton rivojlanishiga qarshi kurashish mumkin. Ehtiyotkorlik choralarining eng yaxshisi chekmaslik! 30 % saraton ko‘rinishlari bevosita chekish bilan bog‘liqdir , deydi mutaxassis.

Merilenddagi Milliy saraton instituti mutaxassislarining aniqlashicha, chekishni tashlashga hech qachon kech emas. Ular 6 yil davomida 70 yoshdan yuqori 160 ming kishini kuzatishdi. Ular orasida kashandalar, chekishni tashlaganlar va umuman chekmaganlar ham bor. Tadqiqot mobaynida hali u oxiriga yetmasdan vafot etganlarning 12,1 % chekmaganlar, 33,1 % kashandalardir. 30 yoshigacha chekishni tashlaganlar orasida o‘lim holati 16,2 %ga kamaygan bo‘lsa, 60 yoshlarida chekishni tashlaganlar orasida bu ko‘rsatkich 27,9 %ni tashkil etdi. Shunday qilib, hattoki yuqori yoshda ham chekishdan voz kechish umrning uzayishiga yordam beradi.

Manba: fitrat.uz

Kiritildi: 22:31 07.02.2019. O'qildi: 1954 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!