Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Saratonga qarshi nanokapsula ishlab chiqildi

A A A
Saratonga qarshi nanokapsula ishlab chiqildi

Rossiyalik olimlar xitoylik hamkasblari bilan birgalikda saraton kasalligini davolashning yangi samarali usulini ishlab chiqishdi.

Ular nanokapsulalar – organizmdagi xavfli o‘smalarni o‘zlari topib, ularni bartaraf eta oladigan dori vositalarini yaratishdi.

Ba’zi saratonga qarshi dori vositalari hujayralarga kira olmaydi, boshqalari esa tez erimaydi. Bunday davolashning samaradorligi odatda past bo‘ladi. Endi yangi texnologiya paydo bo‘ldi: dori to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘smaga yetkaziladi.

Kapsula bir qator afzalliklarga ega. Belgilangan joyga ta’sir o‘tkazib, sog‘lom hujayralarga zarar yetkazmaydi. Bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida bir nechta moddalarni bitta kapsulaga kiritish mumkin, bu esa terapiya ta’sirini oshiradi.

Yangi texnologiya rossiyalik va xitoylik olimlar tomonidan ishlab chiqilmoqda. Hozirda hujayralar ustida sinovlar olib borilmoqda, keyin ular hayvonlarga sinab ko‘riladi. Olimlar Rossiya fan jamg‘armasi grantiga ariza topshirishgan. Agar ishlanma samarali bo‘lib chiqsa, Rossiya ham, Xitoy ham undan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi, deb xabar beradi mir24.tv.

Kiritildi: 22:27 25.09.2023. O'qildi: 1895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!