Xabaringiz bor, 2030 yili bo‘lib o‘tadigan JChga jami 6 ta mamlakat Ispaniya, Portugaliya, Marokash, Urugvay, Argentina va Paragvay mezbonlik qiladi.
Hal qiluvchi o‘yin rekonstruksiyadan so‘ng 85 000 tomoshabinni bag‘riga sig‘dira oladigan "Real"ning uy stadioni "Santyago Bernabeu"da o‘tkaziladi. Bu haqida Marca nashri ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2030ning asosiy mezbonlari Marokash, Ispaniya va Portugaliya hisoblanadi. Shuningdek, yana uchta uchrashuv Lotin Amerika mamlakatlari hududida bo‘lib o‘tadi.