Ijtimoiy tarmoqlarda yurtimizda Koksaki virusi tarqalayotgani haqida xabarlar tarqalib jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi.
Sanepidqo‘mitaga ko‘ra, O‘zbekistonda mazkur xastalikni keltirib chiqaradigan virus vaqti-vaqti bilan qayd etiladi. Lekin yurtimizda mazkur kasallik keng miqyosda tarqaldi degan fikrga kelish uchun asos mavjud emas.
Muhimi, Koksaki virusi uchun maxsus davolash protokollari mavjud va xastalik hech qanday asoratlarsiz to‘liq tuzalib ketadi.
❗️ Shunday bo‘lsa-da, zinhor, o‘zboshimchalik bilan bemorga bakteriya va virusga qarshi preparatlarni berish kerak emas. Sababi, Koksaki virusiga bu dori vositalari umuman ta’sir qilmaydi. Agar bolada klinik belgilar paydo bo‘lib, ular og‘irroq kechayotgan bo‘lsa, u holda tibbiyot xodimlariga murojaat qilish va spesifik davolash choralarini ko‘rish maqsadga muvofiq.