Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

San’atkorlarning ma’mur (administrator)lari diqqatiga!

San’atkorlarning ma’mur (administrator)lari diqqatiga!

“Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan mamlakatimizda konsert-tomosha yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan ma’mur (administrator)lar lisenziya asosida faoliyat yuritishi belgilangan.

Ma’murlik (administrator) - Lisenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turiga kiradi. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun faoliyat turiga qarab davlat boji bir jismoniy shaxsga bir yil hisobidan to‘lanadi.

Lisenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan lisenziyasiz shug‘ullanish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 165-modda)

"O‘zbekkonsert" davlat muassasasi Konsert-tomosha, to‘y-marosimlar va boshqa tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi ma’murlar lisenziyasiz faoliyat olib bormasligini, aks holda javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.

Kiritildi: 11:03 02.08.2024. O'qildi: 1466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!