Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

San’atkor Halima Ibragimovaning singlisi qamoqqa olindi

San’atkor Halima Ibragimovaning singlisi qamoqqa olindi

Bugun 25 iyun kuni fuqaro H.Ibragimova (san’atkor) ijtimoiy tarmoq orqali murojaat qilib, Toshkent tumani IIO xodimlari uning singlisi Hanifani yashash xonadoniga kelib, biror bir “asossiz” uni olib ketganligi to‘g‘risida ma’lum qilgan.

Mazkur murojaatda keltirilgan vajlar Toshkent viloyati IIBB tomonidan o‘rganildi va quyidagilar aniqlandi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, Jinoyat ishlar bo‘yicha Nurafshon shahar sudi fuqaro 1982-yilda tug‘ilgan H.I. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotganligi, jinoyatining ijtimoiy xavflilik darajasi va hozirgi kunda dastlabki tergovdan bo‘yin tovlab yurganligi hamda unga nisbatan qidiruv e’lon qilinganlik holatlarni inobatga olib, fuqaro H.I.ga nisbatdan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bo‘yicha ajrim qilgan va uning ijrosini ta’minlash Ichki ishlar organlariga yuklatilgan.

Mazkur ajrimga asosan, Toshkent tumani IIB xodimlari tomonidan fuqaro H.I.ning (qidiruvda bo‘lgan) yashiringan manzili aniqlanib, ushlangan va ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov organlarining yakuni xulosasi asosida jamoatchilikka batafsil ma’lumot beriladi.

IIBB Axborot xizmati

Kiritildi: 18:37 25.06.2022. O'qildi: 14630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!