Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.
Hukmron Liberal-demokratik partiya (LDP) yetakchisi parlamentdagi ovoz berish natijalariga ko‘ra rasman 105-bosh vazir etib saylandi. Shu tariqa, bir necha oy avval hukumat tepasiga kelgan Takaichi o‘z vakolatlarini qayta tasdiqladi va yangi hukumatni shakllantirishga kirishdi.
Yaponiyada fevral oyi boshida bo‘lib o‘tgan muddatidan oldin parlament saylovlarida Sanae Takaichi yetakchiligidagi LDP parlament saylovlarida g‘alabaga erishib, quyi palatada mavjud 465 o‘rindan 316 tasini qo‘lga kiritgan edi. Bu LDPning, 1955 yilda tashkil etilganidan beri, eng yaxshi natijasi hisoblanadi.
Avvalroq, Yaponiya bosh vaziri Takaichining partiyasi parlament saylovlarida g‘alaba qozongani uni birinchi bo‘lib Tramp tabriklagani haqida xabar bergan edik.