Sochidan Toshkentga uchgan samolyotda yo‘lovchi mast holda, o‘zini tutish qoidalarini buzgan, aviakompaniya xodimlariga nisbatan odobsiz xatti-harakatlar qilgan.
Toshkentga yetib kelgach, unga nisbatan surishtiruv olib borilgan va sudga yuborilgan.
Sud qarori bilan yo‘lovchi jinsiy tajovuzkorlik va jamoat joyida alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishda aybdor deb topilib, 5 sutka qamoq va 375 ming jarimaga hukm qilingan.