Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumanidagi maktablarning biridagi hojatxonaga kamera o‘rnatilgani haqida xabar tarqaldi. Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga izoh berdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan atroflicha o‘rganilgan. O‘rganishlar davomida maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.SH. o‘g‘il bolalar hojatxonasida tozalikka rioya etilmayotganligi sababli, ularni tartibga chaqirish uchun hojatxonada (mulyaj) yaroqsiz kamera o‘rnatgani aniqlangan.
Ushbu kamera yaroqsiz bo‘lib, tarmoqqa ulanmagan, o‘rganishlardan so‘ng, uskuna olib tashlangan.
Maktabda shunday vaziyatga yo‘l qo‘yganligi uchun ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.SH.ga nisbatan MJtKning 181-moddasiga asosan "hayfsan" intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.