Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Samarqandda "Yosh ekologlar bog‘i" tashkil etilmoqda

Samarqandda "Yosh ekologlar bog‘i" tashkil etilmoqda

Samarqandda, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi "Zarafshon" milliy tabiat bog‘ida "Yosh ekologlar bog‘i" barpo qilinmoqda. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan ko‘chat ekish aksiyasida bog‘da Ekologiya vazirligi, viloyat ekologiya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi vakillari, "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida qatnashadigan o‘quvchi yoshlar hamda eko-volontyorlar ishtirokida 600 tup qayrag‘och, gujum va Qrim qarag‘ayi daraxt ko‘chatlari ekildi.

O‘z navbatida yoshlarga yashillik darajasini oshirish iqlim o‘zgarishi, atmosfera havosi ifloslanishi kabi dolzarb ekologik muammolarning samarali yechimi ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, o‘quvchilarga "Zarafshon" milliy tabiat bog‘ida ekskursiya tashkil etildi. Sayohat davomida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning bioxilma-xillikni asrashdagi ahamiyati yuqori ekanligi, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish lozimligi qayd etildi.

Bundan tashqari, tanlov ishtirokchilari uchun Samarqanddagi "Boqiy shahar"da sayohat tashkil etildi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi ekologiya sohasida ham yoshlarning o‘rni, ahamiyati ortib bormoqda. Respublikaning barcha viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida atrof-muhit muhofazasiga befarq bo‘lmagan eko-faol yoshlar turli dolzarb masalalar borasida o‘z fikrlarini bildirishmoqda, xalqaro tadbirlarda, jarayonlarda faol ishtirok etib, muhim tashabbuslarni ilgari surishmoqda. Ko‘rik-tanlov esa yoshlarimizning sohaga oid bilimlari mustahkamlanib borayotganini yana bir bor isbotladi.

Ma’lumot uchun, ayni damda Samarqandda "Siz ekologiyaga oid qonunni bilasizmi?" ko‘rik tanlovining umumta’lim maktablar jamoalari o‘rtasidagi respublika bosqichi o‘tkazilmoqda. Kasbiy ta’lim muassasalari jamoalari o‘rtasidagi respublika bosqichi esa 17–19 mart kunlari Xorazm viloyatida tashkil etiladi.

Kiritildi: Bugun 12:37. O'qildi: 301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!