Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida 4 nafar farzandning onasi o‘zini balandlikdan tashlamoqchi bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi va bu keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, bugun soat 16:00 lar atrofida Samarqand shahrining Siyob kanali ko‘prigida 1998 yilda tug‘ilgan, 4 nafar farzandning onasi o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lgan. Ayolning hayoti maxsus xizmat xodimlarining sa’y-harakatlari bilan saqlab qolindi.
Shundan so‘ng Samarqand shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Zebo Saidova voqea joyiga yetib borib ayol va uning turmush o‘rtog‘i bilan suhbatlashdi hamda holat to‘liq nazoratga olindi.
Voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va bu haqda qo‘shimcha axborot beriladi.