Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda o‘zini balandlikdan tashlamoqchi bo‘lgan ayol qutqarib qolindi

A A A
Samarqandda o‘zini balandlikdan tashlamoqchi bo‘lgan ayol qutqarib qolindi

Samarqandda o‘zini balandlikdan tashlamoqchi bo‘lgan ayol qutqarib qolindi

Viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayevning xabar berishicha, hodisa bugun, 27 may kuni soat 16:00 lar atrofida sodir bo‘lgan.

1998 yilda tug‘ilgan, 4 nafar farzandning onasi Samarqand shahrining Siyob kanali ko‘prigi oldidagi quvurdan o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lgan. Hodisaga rashk sabab bo‘lgan.

Hodisa joyiga darhol IIB PPX va FVB xodimlari yetib borgan. IIB xodimlarining olib borgan profilaktik tushuntirish ishlaridan so‘ng u niyatidan qaytgan va PPX hamda FVB xodimlari tomonidan qutqarib olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:15 27.05.2024. O'qildi: 1712 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!