Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Samarqandda turizm maskanlariga olib boruvchi ekspress avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

Samarqandda turizm maskanlariga olib boruvchi ekspress avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

Bu haqda Transport vazirligi xabar qilmoqda.

Shu maqsadda quyidagi 4 ta yo‘nalishda shahar ekspress avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi:

1 YE-sonli “Temir yo‘l vokzali – Konigil turizm qishlog‘i”;

2 YE-sonli “Amir Temur maqbarasi – Boqiy shahar turizm markazi”;

3 YE-sonli “Amir Temur maqbarasi – Aeroport”;

4 YE-sonli “Amir Temur maqbarasi – Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi”.

Shuningdek, 2 YE-sonli “Amir Temur maqbarasi – Imom al-Buxoriy ziyoratgohi” shahar atrofi ekspress avtobus yo‘nalishi ochiladi.

2024 yilning 23 yanvar kuni Samarqand viloyati hududidagi shahar va shahar atrofi ekspress avtobus yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

Kiritildi: 09:51 21.12.2023. O'qildi: 782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!