Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda sayyohlarga nisbatan kuch ishlatgan xodimlarga jiddiy chora ko‘riladi

Samarqandda sayyohlarga nisbatan kuch ishlatgan xodimlarga jiddiy chora ko‘riladi

Joriy yilning 20 maydan 21 may kuniga o‘tar kechasi Samarqand viloyati Samarqand shahrida tungi xizmatga jalb etilgan Samarqand shahar IIB Patrul-post xizmati xodimlari, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida qo‘shni mamlakatdan respublikamizga mehmonga kelgan sayyohlarni shaxsini tekshirish jarayonida qo‘pol munosabatda bo‘lib, xizmat vazifasini va maxsus-texnik vositalarni qo‘llash vakolatini suiiste’mol qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik xizmati tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Tekshiruv yakuniga ko‘ra, qonunchilikka zid harakat qilgan barcha xodimlarning hamda faoliyatga mas’ul rahbarlarining xizmatdan bo‘shatilishi va javobgarlik masalasi ko‘rib chiqiladi, deydi IIV matbuot kotibi SH.G‘iyosov.

Kiritildi: 11:38 23.05.2022. O'qildi: 4010 marta. Fikrlar soni: 9 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!