Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda qo‘shni yana katlovan kavlab qo‘shnisini uyini qulatgani rostmi? Munosabat bildirildi

Samarqandda qo‘shni yana katlovan kavlab qo‘shnisini uyini qulatgani rostmi? Munosabat bildirildi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda «Samarqandda qo‘shni yana katlovan kavlab qo‘shnisini uyini qulatdi» sarlavhasi ostida tarqalgan video tasvirlar yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Avvalo ta’kidlash joizki, tarqatilayotgan materialda holatning aynan Samarqand viloyatida sodir bo‘lganini izohlovchi biror ma’lumot keltirilmagan. Shuningdek, diqqat bilan tinglansa, tasvir ortida insonlarning chet tilida so‘zlashayotganini ham eshitish mumkin.

Tezkor o‘rganish ishlari davomida Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi tomonidan viloyatning birorta hududida uy-joy qulashi bilan bog‘liq hodisa ro‘y bermaganligi aniqlangan.

Shu o‘rinda yolg‘on axborot tarqatganlik uchun qonunchilikda tegishli jazo choralari belgilanganligini eslatib o‘tamiz.

Kiritildi: 15:58 10.07.2024. O'qildi: 1224 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!