Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, qo‘riqlash va kadastr xodimlari ushlandi

Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, qo‘riqlash va kadastr xodimlari ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda bir necha kishi ushlandi.

Xususan, Kattaqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi inspektori, 1981 yilda tug‘ilgan M.R. mazkur tumanda yashovchi mahalliy fuqaroning 11 million 500 ming so‘m miqdoridagi soliq qarzini elektron bazadan o‘chirish va qarzdorlik to‘langani xususida soxta hujjat rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan talab qilingan 6 million so‘m pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Samarqand shahar mudofaa ishlari bo‘limi safarbarlik chaqiruv rezervi bo‘linmasi boshlig‘i, Qurolli kuchlar xizmatchisi, 1972 yilda tug‘ilgan S.I. va uning yordamchisi, 1991 yilda tug‘ilgan F.E. o‘zaro jinoiy til biriktirgan holda Samarqand shahrida yashovchi mahalliy fuqaroning AQShga ishlash uchun ketgan o‘g‘liga safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni o‘tagani xususida soxta harbiy guvohnoma rasmiylashtirib berish evaziga 600 AQSh dollari talab qilgan. Ular kelishilgan mablag‘ni olayotgan vaqtda qo‘lga tushgan.

Poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoiy harakatlar Paxtachi va Narpay tumanlarida qayd etilgan. Jumladan, Milliy gvardiya Paxtachi tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi xodimi, 1998 yilda tug‘ilgan safdor SH.A. mahalliy fuqaroga Paxtachi tumanida joylashgan “Qoraqo‘ton oltin koni” hududidagi 25-sonli shaxtadan tarkibida oltin moddasi bo‘lgan toshlarni qazib olishga sharoit yaratib berish evaziga 8 million so‘m va 600 AQSh dollari talab qilib, kelishilgan puldan qolgan 600 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Kadastrlar palatasi Narpay tuman filiali muxandisi, 1998 yilda tug‘ilgan, S.SH. esa mahalliy fuqaroning yaqin qarindoshi nomidagi turar joyga kadastr hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 700 AQSh dollari talab qilib, bu pulni olgan vaqtda qilmishi fosh etilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:04 10.11.2024. O'qildi: 1219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!