II jahon urushi qatnashchilari xotirasini yod etish uchun turli tashkilotlar rahbarlari, harbiy xizmatchilar, shahar aholisi tashrif buyurdi.
Samarqand viloyatidan 152 mingdan ortiq kishi frontga ketgan, ularning har uchdan biri vataniga qaytmagan.
Ayni paytda viloyatda o‘sha mudhish urush guvohi bo‘lgan 5 nafar faxriy istiqomat qiladi.