Bugun 2 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Samarqandda fuqaro kamayib borayotgan ilon bilan tomosha ko‘rsatib yurgani aniqlandi

Samarqandda fuqaro kamayib borayotgan ilon bilan tomosha ko‘rsatib yurgani aniqlandi

Ishtixon tumanida yashovchi fuqaro B.M tomonidan Xalqaro qizil kitobga kiritilgan mamlakatga noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan Yo‘lbars pitonini saqlab kelib ta’lim maskanlarida tomoshalar quyib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat tuman IIB tomonidan aniqlangan va Samarqand viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga xabar berilgan.

Boshqarma xodimlari holat yuzasidan tezkor o‘rganish o‘tkazishi jarayonida mazkur Yo‘lbars pitoni uzunligi 2.78 metr eni 28 sm ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Aslida mazkur pitonlarning tana uzunligi jinsga (urg‘ochilar odatda erkaklarnikidan kattaroq) va turmush tarziga qarab 1,5 dan 4 metrgacha yoki undan ko‘p o‘zgarishi mumkin. Ushbu tur uchun qayd etilgan eng katta uzunlik 4,6 M, vazni esa 52 kg. rangi o‘zgaruvchan.

Tanada har xil shakldagi katta to‘q jigarrang dog‘lar och sarg‘ish-jigarrang yoki sarg‘ish-zaytun fonida tarqalib, murakkab naqsh hosil qiladi. Burun teshigidan boshlab bo‘ynidagi dog‘larga aylanadigan qorong‘i chiziq ko‘zdan o‘tadi. Boshqa chiziq ko‘zdan pastga tushadi va yuqori lab qalqonlari bo‘ylab ishlaydi. Boshning tepasida qorong‘i o‘q shaklidagi nuqta bor. Mazkur ilonlar tutqunlikda 25 yilgacha umri ko‘rishadi.

Hozirda Yo‘lbars pitoni Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi himoyasiga olinib, Zarafshon milliy tabiat bog‘i reabilitasiya markazida bog‘ mutaxassislari tomonidan maxsus ko‘rikdan o‘tkazilmoqda va vaqtincha saqlanmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:54. O'qildi: 584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!