Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Samarqandda aholiga ajratilgan unni sotib yuborgan MCHJ rahbari ushlandi

A A A
Samarqandda aholiga ajratilgan unni sotib yuborgan MCHJ rahbari ushlandi

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida aholiga ajratilgan 84,5 tonna un mahsulotini sotib yuborgan MCHJ rahbari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “B.” MCHJ rahbari O‘.X. “Oqtoshdon” AJdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalarga asosan davlat resurslari hisobidan ajratilgan umumiy bahosi 209,8 mln so‘mlik 84,5 tonna un mahsulotini dislokasiyada belgilangan mahallalarga arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib bermasdan, savdo nuqtalari orqali qimmat narxlarda sotib yuborgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 21:48 20.06.2022. O'qildi: 2583 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!